Yangiliklar

Xorazmda yana bir korxonaga sifat menejmenti tizimining xalqaro sertifikatlari topshirildi 03/06/2025
Xorazmda yana bir korxonaga sifat menejmenti tizimining xalqaro sertifikatlari topshirildi

Joriy yilning 10-dekabr kuni "Xorazm" MIS "FEEDGRAN" MCHJga sifat menejmenti tizimining yangi versiyasi ISO 9001:2009 standartiga muvofiqligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.

Audit natijalariga ko‘ra, "Samarqand" MIS sertifikatlashtirish idorasi mutaxassislari "FEEDGRAN" MCHJ ISO 9001:2009 xalqaro standarti talablariga javob berishini tasdiqladilar.

ISO 9001:2009 xalqaro standarti eng yaxshi kompaniyalarning muvaffaqiyatli jahon amaliyotini tizimlashtiradi va ishlab chiqarishning yuqori darajasi va yakuniy mahsulot sifatini tasdiqlaydi.

"FEEDGRAN" MCHJ Sifat menejmenti tizimining barcha bo‘g‘inlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdi: hujjatlar tekshirildi, xomashyo va ishlab chiqarish sharoitlarining xavfsizligi, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning yuqori sifati tasdiqlandi.

ISO 9001:2009 sertifikatini olish "FEEDGRAN" MCHJ mahsulotlarining barqaror yuqori sifatga ega ekanligini yana bir bor isbotlash, shuningdek, ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida turli xavf-xatarlarning ta’sirini baholash va minimallashtirish, sifatni oshirish imkonini beradi.